"Real" manchesterliklarning 16 yoshli vunderkindi olib ketmoqchi
Kelajagi porloq oʻyinchi
«Manchester Yunayted» tarkibida to‘p surayotgan 16 yoshli hujumchi Jey-Jey Gabriyel jamoani tark etish istagini bildirgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yosh talantga eng jiddiy qiziqishni madridlik «Real» namoyon qilmoqda. Gabriyelning vakili Barat shu agentlikda faoliyat yuritadi, aynan shu kompaniya Denzel Dyumfrisning Ispaniya grandiga o‘tishida ham ishtirok etgan.
«Manchester Yunayted» hujumchi uchun transfer bahosini belgilab bo‘ldi. Klub rahbariyati Jey-Jey Gabriyelni kamida 350 ming yevro evaziga qo‘yib yuborishni rejalashtirmoqda.
Joriy mavsumda yosh forvard «MYu»ning yoshlar jamoasi safida uch o‘yin o‘tkazib, beshta gol urdi va ikki golli pas muallifiga aylandi.
Izohlar (0)