“Real” mashhur himoyachini klubda olib qoldi

  • 01.06.2026 07:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Germaniya milliy terma jamoasi himoyachisi Antonio Ryudiger  “Real” bilan yangi mehnat shartnomasini imzoladi. Bu haqida jurnalist Fabrizio Romano o‘zining X ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifasida xabar berdi.

Futbolchining yangi shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan bo‘lib, uning imzolanganligi haqida Madrid klubidagi prezidentlik saylovlaridan keyin rasmiy e’lon qilinadi. Bu ma’lumotni jurnalist Florian Plettenberg ham tasdiqlamoqda.

Ryudiger 2022 yil yozidan buyon “Real” safida to‘p surib kelmoqda. O‘tgan mavsumda himoyachi barcha musobaqalarda 26 ta o‘yinda qatnashib, bir marta gol ham urdi.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 9 million evroni tashkil etadi.

Madridga kelgunga qadar Ryudiger “Chelsi”, “Roma” va “Shtutgart” klublarida o‘ynagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!