Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Real" maydon markaziga yangi yulduz tanladi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Bu transferni Muorinho qo‘llab-quvvatlayapti

«Liverpul» yarim himoyachisi Aleksis Makallister faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi ehtimoli bor. Argentina terma jamoasi a’zosiga «Real» jiddiy qiziqish bildirmoqda.

OAV tarqatayotgan so‘nggi xabarlarga ko‘ra, Makallister madridliklar uchun yarim himoya chizig‘ini kuchaytirishda ustuvor transfer maqsadlaridan biriga aylangan. Uning nomzodini «Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyoning o‘zi qo‘llab-quvvatlayotgani aytilmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, «Liverpul» Makallisterni sotish variantini ko‘rib chiqishga tayyor. Biroq mersisaydliklar transfer shartlari klub uchun maksimal darajada foydali bo‘lishini istamoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q