“Real” Mbappe masalasida hammani chalg‘ityapti

  • 10.11.2023 21:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yaqinda “Qirollik klubi” Kilian Mbappe transferidan to‘liq voz kechgani haqida xabar tarqatilgan edi.

Unga ko‘ra, madridliklar 24 yoshli hujumchi PSJ bilan shartnomani uzaytirmagan va erkin agentga aylangan taqdirda ham, uni “Real”ga olib kelishga urinmasligini bildirgan.

Biroq transfer mutaxassislar bu  ma’lumotlarga ishonmadi. RMC Sport nashrining yozishicha, “Qirolli klubi” atayin shunday xabarlarni tarqatmoqda.

Ular bu orqali klub imidjini saqlab qolmoqchi. Chunki madridliklar Kilian Mbappe transferi bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlanishiga amin emas. “Qirollik klubi” mutasaddilari ikkinchi marotaba sharmanda bo‘lmaslik uchun Mbappe ularga qiziq emasligini ta’kidlayotgan ekan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!