"Real" Mbappega muqobil variant topdi

  • 14 oktabr, 2023, 18:30
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi yozda PSJ hujumchisi Kilian Mbappeni jamoaga olib kelmoqchi. Agar frantsiyalik futbolchining transferi amalga oshmasa, unga muqobil variant topdi.

Tecno

"Todofichajes" nashri xabariga ko‘ra, A Seriyada o‘tgan mavsumning eng yaxshi to‘purari, hozirda "Napoli"da to‘p surayotgan Viktor Osimhen "qaymoqranglilar" rahbariyatining radariga tushgan. Nigeriyalikning ehtimoliy transferi ispan grandiga 120 million evroga tushishi mumkin.

Bu mavsumda ham Viktor o‘zining o‘yini bilan Neapol muxlislarini xursand qilishda davom etmoqda. 24 yoshli hujumchi Italiya chempionatida sakkizta o‘yinda oltita gol urdi. Uning Italiya klubi bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!