Asosiy mazmunga oʻtish

"Real" Modrich borasida bir qarorga keldi

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

Xorvatiyalik yulduz jamoadan ketadimi?

"Real Madrid" yarim himoyachisi Luka Modrich joriy mavsum oxirida klubi ro‘yxatini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda jurnalist "El Gol Digital" nashri xabar bermoqda. 

Manbaga ko‘ra, "qirollik klubi" xorvatiyalik futbolchiga yangi mehnat shartnomasi taklif etmoqchi emas.  "Qaymoqranglilar" "Inter" xavbeki Nikolo Barellani Lukaga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. "Real" italiyalik uchun 60 million evro berishga tayyor, "neradzurrilar" esa 80 million talab qilmoqda.

Joriy mavsumda Nikolo milanliklarning 13 ta uchrashuvida qatnashib, bitta gol va ikkita golli uzatmaga mualliflik qildi. "Transfermarkt" portali uning narxini 80 million evroga baholamoqda

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q