"Real" Mourin'yo o'rniga mashhur murabbiyni tanladi

  • 19.10.2026 10:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning mashhur «Real» klubi rahbariyati jamoa natijalari yaqin vaqt ichida yaxshilanmasa, bosh murabbiy Joze Mourinyo o‘rniga olib keladigan nomzodni aniqlab bo‘ldi. 

EsRadio radiostantsiyasi bosh boshlovchisi Serxio Valentinning ta’kidlashicha, portugaliyalik mutaxassis o‘rniga jamoani fransuz murabbiyi Didye Desham boshqarishi mumkin.

«Bu ma’lumotni Xorxe Pikonga tayangan holda e’lon qilyapman. Florentino Peres o‘zining yaqin atrofiga jamoa ishlari yaxshilanmasa, Joze Mourinyo o‘rnini kim egallashi mumkinligini allaqachon hal qilganini aytgan. Bu — Didye Desham», — deya yozadi Valentin.

La Liganing to‘qqiz turidan so‘ng «Real» turnir jadvalida 21 ochko bilan uchinchi o‘rinni egallab turibdi. Birinchi pog‘onada 27 ochko jamg‘argan «Barselona» joylashgan. Madridning yana bir klubi — «Atletiko» esa 22 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!