Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

«Real» Mourin'yoning ishidan mamnun!

Karim Xudayqulov
Izohlar: 0

«Real» Joze Mourin'yo qo‘l ostida jamoada birdamlikni tiklab, barcha musobaqalarda ketma-ket olti o‘yinda g‘alaba qozondi.

Madridning «Real» klubi rahbariyati portugaliyalik murabbiy Joze Mourinoning jamoani boshqarish uslubidan juda mamnun ekani aytilmoqda.

The Touchline nashri yozishicha, Mourinyo jamoaga kelgan paytda «Real»ning kiyinish xonasida vaziyat ancha tarang edi. Futbolchilar o‘zaro kelisha olmayotgan, jamoa bir necha guruhlarga bo‘linib ketgani qayd etilgan.

Manbaga ko‘ra, Mourinyo bu muammolarga darhol aralashishga oshiqmagan. U avval biroz chetdan kuzatib, vaziyatni puxta o‘rgangan. Mavsum boshidagi qiyinchiliklarga qaramay, vaqt o‘tishi bilan portugaliyalik mutaxassis jamoani birlashtirishga erishdi va tarkibda yana birdamlikni tikladi.

Hozircha «Real» barcha musobaqalarda ketma-ket olti o‘yinda g‘alaba qozongan. 4 noyabr kuni «slivochnye» Chempionlar Ligasi guruh bosqichining to‘rtinchi turida mehmon sifatida yunon klubi AEK maydoniga tashrif buyuradi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q