"Real" muxlislari hakamlardan norozi bo‘ldi

  • 31 avgust, 03:51
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

La Liganing 3-turidan o‘rin olgan "Real" – "Malorka" uchrashuvida madridliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Biroq, "Santyago Bernabeu"dagi muxlislar hakamlardan qattiq norozi bo‘lishdi.

Tecno

Uchrashuv davomida hakamlar "Real" futbolchilari urgan uchta golni bekor qilishdi. Kilian Mbappening ikki goli ofsayd sababli, Arda Gyulerning goli esa qo‘l bilan o‘ynagani uchun hisobga olinmadi.

Birinchi gol bekor qilinganida muxlislar "Federatsiyada korruptsiya!" deb baqirishdi. Gyulerning urgan goli bekor qilingach esa tribunalarda "Negreyra, Negreyra!" degan hayqiriqlar yangradi.

Uchrashuvda bosh hakam sifatida Xose Mariya Sanches Martines ishladi, VARda esa Xuan Santana faoliyat yuritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!