"Real" muxlislari uchun xushxabar!

  • 20.03.2025 14:45
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

"Real Madrid" chap qanot himoyachisi Dani Karvaxal yakkalik mashg‘ulotlarini o‘tkazishni  boshladi. Futbolchining o‘zi jaroxatidan tiklanish jarayoniga to‘xtalib o‘tdi. 

"Hozir maydonda o‘zimni yaxshi his qilyapman va bu mashg‘ulotlar meni yanada tezroq tiklanishimga turtki bo‘ladi,  deb o‘ylayman", - dedi ispaniyalik futbolchi. 

Eslatib o‘tamiz, 33 yoshli himoyachi 5 oktyabr kuni "Vilyarreal"ga qarshi o‘yinda og‘ir jarohat olib, maydonni zambilda tark etgan edi. Operatsiyadan so‘ng uning mavsumning qolgan qismida maydonga tushmasligi ma’lum bo‘lgan. Bungacha himoyachi "qaymoqranglilar" safida 8 ta o‘yin o‘tkazib, 1 marotaba gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!