"Real" muxlislari uchun xushxabar!

  • 29.06.2025 18:11
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Endrik AQShga keldi. 18 yoshli futbolchi bir oydan so‘ng tizzasidan olgan jarohatidan forig‘ bo‘ldi.

Braziliyalik hujumchi Madridda klubning fizioterapevtlari bilan ishladi va jamoaga qo‘shilib, mashg‘ulot o‘tkazdi, ammo "Yuventus"ga qarshi bo‘lajak o‘yinda maydonga tushishi so‘roq ostida. Xabi Alonso braziliyalik futbolchining sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘ymaydi va uni asta-sekin maydonga tayyorlaydi, deya ta’kidlaydi "Goal" portali.

"Real" va "Yuventus" klublari o‘rtasidagi jahon chempionatining 1/8 final bosqichi 1 iyul, seshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!