“Real” muxlislariga yana bir noxush xabar

  • 13 avgust, 2023, 16:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” yaqinda asosiy darvozaboni Tibo Kurtuani jarohat tufayli uzoq muddatga yo‘qotgan edi. Klub hali uning o‘rnigan yangi posbon olib kelgani yo‘q.

Eni himoyachi Eder Militao ham jarohat oldi. Bu futbolchi Ispaniya chempionatining birinchi turida “Atletik” bilan bo‘lgan bahsda shikastlangan.

Marca nashrining yozishicha, braziliyalik o‘yinchining ham jarohati jiddiy. Uning tizzasi paylari qattiq shikastlangan.

Endi Militao qo‘shimcha tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Shundan keyin davolanish muddati va o‘yinchining qachon maydonga qaytishi ma’lum bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!