"Real"ning super transferi narxi oshkor bo‘ldi

  • 06.08.2026 10:44
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«RB Leyptsig» yarim himoyachisi, vinger Yan Diomandening «Real»ga o‘tishi amalda hal bo‘ldi. Hozircha faqat rasmiylashtirish bilan bog‘liq ba’zi texnik masalalar qolgan, xolos.

Sky Sport jurnalisti Florian Plettenberg xabariga ko‘ra, Kot-d’Ivuar terma jamoasi a’zosi Diomande uchun «Real» tomonidan to‘lanadigan asosiy to‘lov miqdori 125 million yevroni tashkil etadi. Qo‘shimcha bonuslarini hisobga olganda, summa 135 million yevrogacha yetishi mumkin. Ayrim qiyin shartlar bajarilsa, umumiy miqdor 140 million yevrogacha oshishi aytilmoqda.

Manbalarga ko‘ra, klublar kelishuvning yakuniy shartlarini muhokama qilmoqda. Qolgan masalalar ham hal etilgandan so‘ng, rasmiy bayonot e’lon qilinishi kutilmoqda. Shu bilan birga, transferdan tushadigan mablag‘ning ma’lum qismi Diomandening sobiq klubi «Leganes»ga ham nasib qiladi.

Yan Diomande «RB Leyptsig» safini 2025 yildan buyon himoya qilib kelmoqda. 2025/2026 yildgi mavsumda u 36 o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 10 ta golli pas muallifi bo‘ldi. Transfermarkt internet portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining taxminiy bozor qiymati 90 million yevroga baholangan. Uning nemis klubi bilan amaldagi shartnomasi yana to‘rt yilga mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!