"Real" o‘zining sobiq o‘yinchisini qaytaradi
Bekor qo‘yib yuborilgan ekan
Leverkuzenning «Bayer» jamoasida to‘p surayotgan qanot himoyachisi Migel Gutyerres Evropaning bir qator yetakchi klublar e’tiborini o‘ziga qaratdi. Bu haqida fussball-news.de nashri xabar bermoqda.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, ispaniyalik futbolchiga Madriddning «Real» klubi, shuningdek «Milan», «Manchester Yunayted» va Turinining «Yuventus» jamoalari qiziqish bildirmoqda.
25 yoshli himoyachi o‘tgan yozda «Napoli» tarkibidan «Bayer»ga o‘tgan edi. Ko‘chish uchun to‘langan mablag‘ 26 million evroni tashkil etgan. Gutyerres «farmatsevtlar» bilan besh yillik shartnoma imzolagan.
Joriy mavsum Bundesligada Migel to‘rtta o‘yinda maydonga tushib, bir gol urdi va uchta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Izohlar (0)