Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Real" Olisega o'rnibosar topdi

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

«Real» Maykl Oliseni olish qiyin bo‘lsa, qanotda Arda Gyularga asosiy o‘rin berishi mumkin

"Bavariya" yarim himoyachisi Maykl Olisega "Real Madrid" hanuz jiddiy qiziqish bildirmoqda. Biroq fransiyalik futbolchini qo‘lga kiritish juda mushkul bo‘lishi aytilmoqda.

Manbaga ko‘ra, madridliklar Olise transferi amalga oshmay qolgan taqdirda, unga o‘rinbosar sifatida allaqachon nomzod tayyorlab qo‘ygan. Joze Mourinyo jamoa qanotida Arda Gyuler o‘ynashini istamoqda.

Turkiya terma jamoasi yarim himoyachisi "Real" tarkibida 112 ta o‘yin o‘tkazgan. U shu vaqt ichida 18 ta gol urgan va 25 ta golli uzatma muallifiga aylangan. Transfermarkt portali Arda Gyulernig bozor qiymatini 90 million yevro atrofida baholamoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q