“Real” oʻz yulduziga narx belgiladi

  • 02.07.2026 18:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning “Real” klubi yarim himoyachi Eduardo Kamavinga bilan xayrlashishga tayyor bo‘lgan mablag‘ni belgiladi. “Qirollik klubi” fransiyalik futbolchi uchun 60 million yevro talab qilmoqda.

Bu haqida AS nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Real” yarim himoyachisiga “Inter” va “Pari Sen-Jermen” klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda. Avvalroq madridliklar Kamavinga xizmatlarini “Manchester Siti”ga ham taklif qilib, uni Rodri transferining bir qismiga aylantirishni istagan edi.

O‘tgan mavsumda Kamavinga “Real” safida barcha musobaqalarda 43 ta uchrashuvda qatnashib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 50 million yevro deb baholagan.

Madrid klubi o‘tgan mavsumni birorta ham sovrinsiz yakunladi. Vaziyatni o‘nglash uchun poytaxt jamoasi bosh murabbiylik Joze Mourinyoni olib keldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!