"Real" qimmat transferga qo‘l urmoqda
Bu summa "Real"ga muammo emas
"Real" klubi Joze Mourin'yo bosh murabbiy etib tayinlanganiidan so'ng jamoa tarkibini yangilash bo'yicha ishlarni faol davom ettirmoqda.
AS nashri xabar berishicha, "Qirollik klubi" Germaniya terma jamoasi markaziy himoyachisi Niko Shlotterbekni "Borussiya Dortmund"dan sotib olish masalasini jiddiy ko'rib chiqmoqda. Madrid klubi skautlari o'tgan mavsum davomida bir necha marotaba futbolchining o'yinlarini yaqinidan kuzatib borgan.
Joriy yil aprel oyida 26 yoshli himoyachi dortmundliklar bilan shartnomasini uzaytirgan edi. Yangilangan kelishuvda futbolchini sotib olish uchun aniq miqdorda to'lov – 50 million yevro kompensatsiya puli ko'rsatilgan.
Bunday summa "Real" byudjeti uchun muammo emas. Agar barcha tomonlar kelishsa, transferni kelgusi bir oy ichida rasmiylashtirish mumkin. Biroq bitimga yakuniy rozilikni Joze Mourin'yo berishi kerak bo'ladi.

Izohlar (0)