"Real" qishda himoyachi olmaydigan bo‘ldi

  • 21.12.2024 13:34
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Madridning "Real" klubi hozircha jamoaning himoya chizig‘iga yangi futbolchi qo‘shishga shoshilmayapti, deb xabar bermoqda Relevo portali.

Manbaning ta’kidlashicha, buning sababi, tez orada "qirollik" klubiga avstriyalik David Alaba qaytishi kerak. Himoyachi universalligi bilan ajralib turadi va himoya chizig‘ining bir nechta pozitsiyalarida o‘ynay oladi.

Eslatib o‘tamiz, David uzoq vaqt davomida tizzasidan olgan jarohat sabab maydonga tushmagan.

32 yoshli avstriyalik futbolchi 2021 yilning yozida "Real" klubiga o‘tgan. Uning "qirollik klubi" bilan shartnomasi 2026 yilning iyun oyida tugaydi. Futbolchining transfer qiymati 15 million evro deb baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!