"Real" raqibi "Atletiko" hujumchisini olib qo'ydi
Madridning «Real» klubi 20 yoshli hujumkor futbolchi Xorxe Radjado bilan shartnoma imzoladi. Bu haqida AS nashri futbolchining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga tayanib xabar berdi.
Suratlarda u allaqachon «Real» futbolkasini kiygan holda aks etgan.
Radjado Madridning «Atletiko» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U bir necha kun avval «matraschilar» bilan munosabatlarini rasmiy yakunlab, erkin agent maqomini olgan edi.
Manbalarga ko‘ra, «Real» uni o‘z safiga qo‘shib olish uchun faol harakat qilgan.
Yosh futbolchi hali katta jamoa safida rasmiy debut qilmagan. O‘tgan mavsumda u «Atletiko S» tarkibida to‘rtta gol urgani, shuningdek, UEFA Yoshlar ligasida muvaffaqiyatli o‘yinlari bilan e’tibor qozongan qayd etilmoqda.

Fikrlar