"Real" raqibni yanchib tashladi

  • 19.10.2026 06:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniya chempionati 9-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuvda "Real" o‘z maydonida "Sevilya"ni yirik hisobda mag‘lub etdi — 4:1.

Madridliklar tarkibida hisobni 30-daqiqada Arda Gyuler ochdi. Ortidan 37 va 63-daqiqalarda Kilian Mbappe dubl qayd etdi. Uning ikkinchi goli penaltiidan, mashhur "panenka" uslubida amalga oshirildi. Yakuniy nuqtani 82-daqiqada Yan Dyomande qo‘ydi. Mehmonlar tarkibida yagona golga 80-daqiqada Manuel Bueno mualliflik qildi.

Bu o‘yin "Real" uchun Vinisius diskvalifikatsiyadan qaytganidan keyingi ilk bahs bo‘ldi. Braziliyalik hujumchi o‘tgan turda "Vilyarreal" yarim himoyachisi, kanadalik Neytan Salibanning sochidan tortib yuborganligi uchun jazolangan edi. O‘sha uchrashuv "Real"ning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan.

Navbatdagi muvaffaqiyatdan so‘ng "Real" Ispaniya chempionati jadvalida 3-pog‘onaga ko‘tarildi. Jamoa hisobida hozircha 21 ochko bor. "Sevilya" esa 14 ochko bilan 6-o‘rinni egallab turibdi. Keyingi turda, 25 oktyabr kuni "Real" safarda musobaqa peshqadami "Barselona"ga qarshi maydonga tushadi. "Sevilya" esa bir kun o‘tib o‘z maydonida "Osasuna"ni qabul qiladi.

Avvalroq xabar berilganidek, "Barselona" mavsum boshidan beri qator g‘alabalar seriyasi bo‘yicha "Real" rekordini takrorladi. Kataloniya klubi chempionatning dastlabki to‘qqiz turining barchasida g‘alaba qo‘zongan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!