"Real" rekord darajada foyda ko‘rdi

  • 28.07.2026 21:53
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Real Madrid» klubi 2025–26 yillgi moliyaviy mavsum yakunlarini e’lon qildi va tarixidagi eng yuqori daromadga erishganini ma’lum qildi. Klub hisobotiga ko‘ra, transferlardan tushgan mablag‘larsiz operatsion daromad 1 milliard 221 million yevroga yetgan. Bu o‘tgan mavsumga nisbatan 3,1 foizga ko‘p.

Hisobotda alohida ta’kidlanishicha, «Real» dunyoda yillik daromadi bunday ko‘rsatkichga yetgan ilk sport klubi bo‘ldi. Daromad o‘sishiga asosiy omil sifatida «Santyago Bernabeu» stadionidan tushayotgan mablag‘lar va tijorat faoliyatidan olinayotgan daromadlar ko‘rsatilgan.

Iyun oyi yakuniga kelib, stadionni rekonstruksiya qilish loyihasini hisobga olmagan holda, klubning sof qarzi 8,7 million yevroga teng ekani qayd etilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!