Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Real" Rodri transferiga qiziqmaydi

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

"Qirollik klubi" rejasini o'zgartirmadi

Madridning "Real" klubi Rodrini transfer qilish masalasida oʻz pozitsiyasini oʻzgartirgani yoʻq.

"As" nashri maʼlumotiga koʻra, "qaymoqranglilar" yarim himoyachini jamoaga olib kelishni rejalashtirmayapti va u hali ham klub rejalariga kirmaydi.

Avvalroq Rodrining oʻzi "Real"ga oʻtish ehtimolini rad etmagan edi: «Mening “Atletiko”da oʻynaganim “Real”da toʻp surishimga toʻsqinlik qilmaydi. Dunyodagi eng yaxshi klublardan voz kechib boʻlmaydi", — degan edi ispaniyalik.

Biroq madridliklar yarim himoyani kuchaytirish uchun boshqa variantlarni koʻrib chiqmoqda.

Maʼlumot uchun, 29 yoshli futbolchining "Manchester Siti" bilan shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q