Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

"Real" Rodrigo borasida bir qarorga keldi!

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

Unga APLning ikki grandi xaridor!

Rodrigo yozgi transfer oynasida "Real"ni tark etishi mumkin. Bu haqda "Relevo" xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, "qirollik klubi" rahbariyati braziliyalik bilan xayrlashishga tayyor va unga minimal narx belgilagan. "Qaymoqranglilar" jamoasi futbolchini sotishdan kamida 100 million evro ishlab olmoqchi. Rodrigoga Londonning "Arsenal" va "Manchester Siti" klublari qiziqish bildirmoqda.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda 24 yoshli hujumchi madridliklar safida 50 ta o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Rodrigoning "Real" bilan shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q