"Real" Sebalos borasida bir qarorga keldi
"Real Madrid" yarim himoyachi Dani Sebalos bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti. OAVlarda futbolchi o‘yin amaliyoti kamligi tufayli ketish niyatida ekani haqida xabarlar tarqalgandi.
"Betis" 28 yoshli ispaniyalik futbolchiga asosiy da’vogar hisoblanayotgan edi, ammo bu transfer amalga oshmaydigan ko‘rinadi. "El Larguero"ning xabariga ko‘ra, "qaymoqranglilar" rahbariyati va murabbiyi Xabi Alonso Sebalosga uni jamoada olib qolishni aytishgan.
Danining "Real" bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. "Transfermarkt"da futbolchining narxi 10 million evroni tashkil qiladi.



Fikrlar