"Real": Sen Chempionlar ligasida o'ynamaysan!
Unga ruxsat yo‘q
«Real» Madrid 2026/2027 yilgi mavsum uchun UEFA Chempionlar ligasiga ko‘rsatadigan tarkibini e’lon qildi.
Bu ro‘yxatda jamoa himoyachisi Ferlan Mending ismi ko‘rinmadi. Shu bois fransuz futbolchisi yangi evrokubok mavsumida maydonga tushmaydi.
Mendi uchun ajratilgan o‘rinni tarkibda Serxio Martines egalladi.
Ma’lumot uchun, Ferlan Mendi og‘ir jarohatdan so‘ng tiklanish jarayonini o‘tkazmoqda. Shifokorlar uning mavsum o‘rtalaridan maydonga qaytishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Izohlar (0)