“Real” Serxio Ramos bo‘yicha bir qarorga keldi

  • 12 noyabr, 2024, 18:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Real” himoya chizig‘idagi muammolarni bartaraf eta olgani yo‘q. Eder Militaoning og‘ir jarohatidan keyin vaziyat yanada chigallashdi.

Madridliklar markaziy himoyachiga ehtiyoj sezmoqda. Bu holatda ayni paytda ishsiz yurgan Serxio Ramos varianti yana ko‘tarildi. “Real”ning sobiq sardori klubdan taklif kutyapti.

Biroq bir necha manbalarning ma’lum qilishicha, “Qirollik klubi” rahbariyatining barcha vakillari bir ovozdan Ramosni taklif qilish rejasidan voz kechgan.

Hozircha, Ispaniya chempionlari ro‘yxatida uch nafar markaziy himoyachi – Emerik Laport, Jonatan Ta va Kostello Lukebaning nomi turibdi.

Madrid superklubi mutasaddilari markaziy himoyachi masalasini qishki transferlar vaqtida hal qilishni rejalashtirmoqda. Chunki ro‘yxatdagi barcha o‘yinchilar o‘z klublari bilan amaldagi shartnomaga ega.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!