“Real” Serxio Ramos bo‘yicha qarorini aytdi

  • 12 oktabr, 2024, 15:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” qisqa fursat ichida bir necha himoyachisidan ayrilganidan keyin o‘z tarkibiga yangi o‘yinchi qo‘shib olishga urinayotgani haqida ma’lumotlar tarqatilgan edi.

Tecno

Jamoaga qo‘shilishi mumkin bo‘lgan orasida ayni paytda ishsiz yurgan Serxio Ramos nomi ham keltirildi.

Marca nashrining ma’lum qilishicha, jamoaning sobiq sardori Karlo Anchelotti boshqarayotgan murabbiylar shtabi rejasiga kiritilmagan.

Madridliklar o‘z tarkibini ishqiz yurgan qariya futbolchi bilan emas, yosh o‘yinchilar yordamida kuchaytirmoqchi. “Real” mutasaddilari jamoaga “Leyptsig” himoyachisi Kastello Lukeba va “Ayaks” vakili Yorrel Xato va “Palmeyras”da porlayotgan Vitor Reys kabi iste’dod egalarini olib kelmoqchi.

Serxio Ramos yozda “Sevilya”ni tark etganidan beri o‘ziga jamoa qidirmoqda. Ispan futbolchining Amerika va Afrika jamoalari bilan o‘tkazgan muzokaralari ijobiy yakunlangani yo‘q.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!