“Real” Serxio Ramosga kutilmagan munosabat qildi

  • 15 noyabr, 2024, 17:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Real”ning himoya chizig‘ida muammolarga duch kelayotganidan xabar topangan Serxio Ramos sobiq klubiga o‘z xizmatlarini taklif qilgan edi.

Gap shundaki, Eder Militao yana jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqanidan keyin Karlo Anchelotti markaziy himoyachiga ehtiyoj sezmoqda.

Vaziyat murakkabligiga qaramay, “Qirollik klubi” prezidenti  Florentino Peres va direktor Xose Anxel Sanches 38 yoshli futbolchini ortga qaytarish fikrini qabul qilmadi.

Serxio Ramos 2005-2021 yillar davomida “Real” safida to‘p surgan. Madrid superklubida barcha turnirlarda 671 marotaba maydonga tushib, 101 ta gol va 40 ta assist muallifi bo‘lgan.

Tajribali himoyachi yozda “Sevishya” bilan shartnomasi tugaganidan beri ishsiz yuribdi. Ramos bir necha klublar bilan muzokaraga kirishdi, biroq turli sabablarga ko‘ra, ular bilan bir to‘xtamga kela olmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!