“Real” “Siti”ning eng zo‘r o‘yinchisini olib ketmoqchi

  • 25 aprel, 2024, 13:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” muvaffaqiyatlarida klub tarbiyalanuvchisi Fil Fodenning o‘rni katta.

Tecno

Bir necha mavsumdan buyon yuqori saviyada o‘ynayotgan hujumkor futbolchining xaridorlari ko‘payib bormoqda. Xususan, “Real” va PSJ kabi qudratli klublar Fodenni o‘z tarkibida ko‘rmoqchi.

Taniqli jurnalist Ekrem Konurning ma’lum qilishicha, “shaharliklar” 23 yoshli futbolchi bilan yangi shartnoma borasida muzokarani davom ettirmoqda.

Agar tomonlar o‘zaro bir to‘xtamga kela olmasa, vaziyatni kuzatib turgan Madrid va Parij superklublari darrov ishga kirishadi.

Fodenning manchesterliklar bilan shartnomas 2027 yilning yarmigacha tuzilgan. Transfermarkt portali uning transfer summasini 130 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!