Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

«Real Sosiedad» murabbiyi Fortning debutini baholadi

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

«Real Sosiedad» murabbiyi Matarazzo «Elche»ga qarshi o‘yinda debut qilgan 20 yoshli himoyachi Ektor Fort o‘yini­ni ijobiy baholadi.

«Real Sosyedad» bosh murabbiyi Pellegrino Matarazzo jamoaga yaqinda qo‘shilgan, 20 yoshli himoyachi Ektor Fortning debuti haqida fikr bildirdi. Yosh futbolchi San-Sebastyanliklar safida ilk bor Ispaniya chempionati doirasida «Elche»ga qarshi o‘yinda maydonga tushdi. Uchrashuv 3:2 hisob bilan «Real Sosyedad» foydasiga yakunlandi, Fort esa o‘yin oxirida zahiradan maydonga chiqdi.

Matarazzo yosh himoyachining ilk daqiqalarini ijobiy baholadi.

«U 15 daqiqa o‘ynadi va bu vaqtni yaxshi o‘tkazdi, deb o‘ylayman. U maydonga tushganidan xursand, jamoa va o‘yin muhitini his qildi. To‘p bilan ishlashini, tezligini va jismoniy kuchini alohida ta’kidlash mumkin. Albatta, unda kamchiliklar ham bor, lekin debuti omadli chiqdi, deb hisoblayman», — deya Matarazzoning so‘zlarini keltiradi Diario AS.

Ektor Fort o‘tgan yozning oxirida «Barselona»dan «Real Sosyedad» safiga qo‘shilgan. San-Sebastyan klubi yosh ispaniyalik himoyachi uchun sakkiz million yevro to‘ladi.

Hozirgi paytda «Real Sosyedad» La Liganing turnir jadvalida to‘qqizinchi o‘rinni egallab turibdi. Jamoa besh turdan so‘ng yetti ochko jamg‘argan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q