Asosiy mazmunga oʻtish

«Real» Subimendi bo‘yicha qaror qabul qildi

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

«Real» klubi transfer rejalarini o‘zgartirib, «Arsenal» yarim himoyachisi Martin Subimendini endi ustuvor variant sifatida ko‘rmayapti.

«Real» klubi «Arsenal» yarim himoyachisi Martin Subimendi bo‘yicha o‘z pozitsiyasini aniqlashtirdi. Bu haqida Bernabeu Digital nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, avval madridliklar futbolchini ehtimoliy transfer sifatida ko‘rib chiqqan. Biroq endilikda klub transfer rejalarini qayta ko‘rib chiqqan va maqsadlarini o‘zgartirgan. Shu bois «Real» endi Subimendini ustuvor variant sifatida ko‘rmayapti.

Martin Subimendi 2025 yildan beri «Arsenal» sharafini himoya qilmoqda. U bundan oldin «Real Sosyedad» tarkibidan ushbu jamoaga qo‘shilgan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q