“Real” superfutbolchini rad qildi

  • 24 yanvar, 12:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya”ning etakchi o‘yinchilaridan hisoblangan Yozua Kimmixning klub bilan shartnomasi tez orada yakunlanadi.

Tecno

Tajribali futbolchining agentlari unga top-klublardan ish topishga harakat qilmoqda. Ana shu maqsadda Kimmix manfaatlarini himoya qilayotgan mutasaddilar uning xizmatlarini “Real”ga taklif qildi.

Ma’lumotlarga qaraganda, bu taklif “Qirollik klubi”da qiziqish uyg‘otgani yo‘q.  Shu bois, Kimmixni Madrid superklubiga transferi bo‘lmaydi.

Yozua Kimmix “Shtutgart” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O‘rtada ma’lum muddat “Leyptsig”da ham o‘ynagan.

“Bavariya” mahoratli yarim himoyachini 2015 yili 8,5 million evro evaziga o‘z safiga qo‘shib olgan. Tayanch yarim himoyachisi shundan beri myunxenliklar safida 418 marotaba maydonga tushib, 43 ta gol va 111 ta assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!