“Real” supertalantdan umidini uzgani yo‘q
“Bayer”dan ketishga tayyorgarlik ko‘rayotgan Florian Virts muhim qaror qabul qilishi kerak. 22 yoshli pleymeyker faoliyatini davom ettirish uchun o‘ziga munosib jamoa tanlashi shart.
Evropaning bir necha grandlari nazarida turgan o‘yinchi qator klublar bilan muzokara o‘tkazmoqda. Hozirgacha, germaniyalik yulduz “Bayer” va “Manchester Siti”ga rad javobini berib bo‘ldi.
AS nashrining yozishicha, Virts uchun kurashda”Liverpul” favorit. Bu jamoa bosh murabbiyi Arne Slot taqdim qilgan loyiha Florianga ham ma’qul kelgan.
Biroq “Real” supertalantni qo‘ldan chiqarmoqchi emas. “Bayer”da Virtsga ustozlik qilgan Xabi Alonso bu o‘yinchini Madridda to‘p tepishini istayapti.
“Qirollik klubi” mutasaddilari nemis futbolchisi bilan muzokaralarda Xabi Alonso o‘yinchini ko‘ndirishda muhim omil bo‘lishiga ishonmoqda.
Fikrlar