"Real" supertransferni yakunlay olmadi

  • 30.07.2026 08:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ispaniyaning mashhur klubi «Real Madrid» va Germaniyaning «RB Leypsig» jamoasi o‘rtasida Kot-d’Ivuar terma jamoasi vingeri Yan Diomande transferi bo‘yicha navbatdagi muzokaralar ham yakuniy kelishuvsiz tugadi. 

Jurnalist va insayder Florian Plettenberg ma’lumotiga ko‘ra, bu haqida jarayonda ishtirok etayotgan barcha tomonlar tasdiq bergan.

 Futbolchining o‘zi bilan tuzilgan kelishuv kuchda qolmoqda, «Real» esa hafta oxirigacha «RB Leypsig» bilan kelishib, bitimni yopishga intilmoqda. Shu bilan birga, Diomande Leypsigda mashg‘ulotlarga cheklangan tartibda qo‘shilgani, bu orqali qimmatbaho transfer xavf ostiga qo‘yilmayotgani ta’kidlanmoqda.

Bundan avval yana bir mashhur insayder Fabrizio Romano Diomanda «Real Madrid»ning yangi futbolchisiga aylanishini xabar qilgan edi. Uning ma’lumoticha, bitim qiymati 100 million evroni oshib ketadi.

Yan Diomande «RB Leypsig» safini 2025 yildan beri himoya qilib kelmoqda. 2025/2026 yildgi mavsumda u 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 10 ta golli uzatma amalga oshirdi. 

Internet-portal Transfermarkt bahosiga ko‘ra, futbolchining taxminiy qiymati 90 million evro atrofida. Uning Germaniya klubi bilan amaldagi shartnomasi yana to‘rt yilga mo‘ljallangan. Yan Diomande so‘nggi jahon chempionatida ham maydonga tushib, to‘rt o‘yinda ishtirok etdi va bir golli uzatma qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!