Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

"Real" Trent bo‘yicha bayonot berdi

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Uning qachon tanishtirishi e’lon qilindi

Madridning "Real" klubi rasmiy saytida yangi himoyachi Trent Aleksandr-Arnoldning taqdimoti ertaga, 12 iyun kuni "Real Madrid Siti"da bo‘lib o‘tishini e’lon qildi. Taqdimot Toshkent vaqti bilan 15:30 da boshlanadi.

"Bungacha Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Peres Trent Aleksandr-Arnoldni rasmiy shartnoma imzolash marosimida kutib oladi. Ushbu shartnoma yangi futbolchimizni klub bilan olti mavsumga bog‘laydi. Taqdimotdan so‘ng Trent Aleksandr-Arnold "Real Madrid Siti" matbuot markazida jurnalistlar oldida chiqish qiladi", — deyiladi klub bayonotida.

26 yoshli futbolchi "Liverpul"ni erkin agent sifatida tark etib, "qirollik klubi" safiga qo‘shildi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q