Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Real" Vinisius bo‘yicha bir qarorga keldi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Bu masalani tez hal qilish kerak

Jurnalist Florian Plettenberg ma'lumotiga ko‘ra, madriddliklar braziliyalik futbolchini jamoada saqlab qolish niyatida. 

"Real" allaqachon uning o‘zi va vakillariga shartnomani uzaytirish bo‘yicha yangilangan taklifni yetkazgan.

"Qaymoqrangliklar" rahbariyati bir necha oydan beri davom etayotgan muzokaralardan so‘ng vinger bilan kelishuvga erishishni kutmoqda. Shu bilan birga, klub "Arsenal"ning futbolchiga bo‘lgan jiddiy qiziqishi haqida ham xabardor. 

London jamoasi yaqin vaqt ichida ilk rasmiy taklifini yo‘llashga tayyorlanayotgani aytilmoqda.

Avvalroq tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Vinisius bir mavsum uchun taxminan 20 million yevro maosh kutayotgani ma'lum qilingan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q