“Real”: Vinisius o‘rniga Xoland!
“Real Madrid”ning braziliyalik hujumchisi Vinisius Zhunior klubi bilan amaldagi shartnomasi yakunlangach, poytaxt jamoasini tark etishi mumkin.
Jurnalist Karlos Karpioning ma'lum qilishicha, hozirgi vaqtdagi eng ehtimoli baland stsenariy braziliyalik futbolchi 2027 yil yozida madridliklar safini erkin agent sifatida tark etishi bo‘lib turibdi.
“Qirollik klubi” esa, Vinisiusning o‘rniga “Manchester Siti” to‘purari Erling Holandni taklif qilish bo‘yicha bir qarorga kelib bo‘lgan.
Vinisius bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralari ikki yil davomida hali ilgari siljiganiy yo‘q. Tomonlarning talabi bir biriga yaqin ham kelmayapti.
Vinisius Zhunior 2018 yilda Braziliyaning “Flamengo” klubidan «Real»ga 45 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan.
2025/26 yildagi mavsumda hujumchi barcha musobaqalarda 53 ta o‘yin o‘tkazib, 22 ta gol urdi va 14 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Transfermarkt portali Vinisiusning bozor qiymatini 140 million yevro deb baholamoqda.

Fikrlar