«Real» Vinisiusga narx qoʻydi
«Real» Vinisiusni kamida 160 million yevroga sotishga tayyor, ammo u bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erisha olmayapti.
«Real» Vinisius uchun narxni belgiladi, ammo shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishuv yo‘q.
Manbalarga ko‘ra, Madriddning «Real» klubi prezidenti Florentino Peres 26 yoshli braziliyalik hujumchi Vinisius Zhunior uchun transfer narxini aniq belgilab olgan. Ma’lumotlarga qaraganda, madriddliklar futbolchini kamida 160 million yevro evazigagina qo‘yib yuborishga tayyor.
Aytilishicha, agar taklif qilingan summa shu miqdordan past bo‘lsa, «qorako‘zlar» umuman muzokara stoliga o‘tirmaydi. Avvalroq, Vinisiusga Londonning «Arsenal» klubi jiddiy qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Braziliyalik forvardning «Real» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozga qadar mo‘ljallangan. Vinisius tomoni vakillari bitimni uzaytirish uchun 15 million yevro miqdorida «sodiqlik bonusi» to‘lanishini, shuningdek, maosh oshirilishini talab qilmoqda. Klub esa hozircha bu shartlarga rozi emas.

Izohlar (0)