"Real" Vinisiusga ultimatum qoʻydi
"Real Madrid" hujumchisi Vinisius Zhuniorning jamoadagi kelajagi so‘roq ostida qoldi. Bu haqida Okdiario nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, madridliklar braziliyalik futbolchi oldiga keskin talab qo‘ygan: yoki u shartnomani uzaytiradi, yoki yozda sotuvga qo‘yiladi.
Yaqin vaqt ichida tomonlar yangi bitim bo‘yicha kelishuvga erisha olmasa, "Real" o‘z yulduzini sotish variantini ko‘rib chiqishga tayyor.
Vinisius Zhunior 2018 yildan beri "Real" sharafini himoya qilib kelmoqda. 2025/26 yilgi mavsumda u barcha musobaqalar doirasida 53 o‘yinda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 14 ta golli pas berdi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Fikrlar