"Real" Vinisiusga ultimatum qoʻydi

  • 09.07.2026 11:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Real Madrid» rahbariyati jamoa hujumchisi Vinisius Zhunior kelajagi borasida yakuniy qaror qabul qilishi uchun aniq muddat belgiladi. Bu haqida ElNacional.cat nashri xabar berdi.

Manba ma'lumotlariga ko‘ra, madridliklar braziliyalik forvard shartnoma masalasini avgust oyi boshiga qadar hal qilib olishini istamoqda. Hozirgi kelishuvga ko‘ra, futbolchi klub bilan 2027 yil yozigacha bog‘langan.

Xabarda ta'kidlanishicha, agar Vinisius avgustgacha shartnomani uzaytirishga rozilik bildirmasa, «Real» uni transfer ro‘yxatiga qo‘yishga tayyor. 

Madrid klubi o‘z yetakchilaridan biri bilan aynan shu yozdayoq xayrlashish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!