"Real" Xoland transferi bo‘yicha qaror qabul qildi
«Manchester Siti»ning norvegiyalik yulduz hujumchisi Erling Xoland kelajakda «Real» safini toʻldirishi mumkin. Bu haqida ispaniyalik jurnalist Xose Feliks Dias xabar berdi.
Manbaning maʼlum qilishicha, Madrid klubi Xolandni 2027 yil yozida oʻz safiga qoʻshib olishni rejalashtirmoqda. Shu paytga kelib futbolchining shartnomasida belgilangan toʻlov miqdori – maxsus kompensatsiya summasi ishga tushishi kutilmoqda.
Shu bilan birga, «Manchester Siti» rahbariyati norvegiyalik hujumchi bilan tuzilgan bitimda bunday band umuman mavjud emasligini taʼkidlamoqda.
Erling Xoland joriy mavsumda «Manchester Siti» tarkibida 4 oʻyinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi. Uning «shaharliklar» bilan amaldagi shartnomasi 2034 yil yoziga qadar moʻljallangan.

Fikrlar