
"Real" yana bir statistikada birinchi bo‘ldi
Madridning "Real" klubi tarixdagi daromadi 1 milliard evrodan oshgan birinchi futbol klubiga aylandi.
"Real Madrid" 2023/24 yilgi mavsumdagi transferlarni hisobga olmaganda 1,07 milliard evrolik daromadini e’lon qildi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan mavsumga nisbatan 27 foiz ko‘p.
Fikrlar