Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

"Real" yana bir yulduzni "bog‘lab" qo‘ydi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Endi ketolmaydi

«Real Madrid» darvozaboni Tibo Kurtua klub bilan shartnomasini uzaytirishga rozi bo‘ldi. Insayder Fabrizio Romano xabariga ko‘ra, belgilaylik posbon bilan yangi mehnat kelishuvi 2028 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. 

Yaqin kunlarda «Qirollik klubi» yulduz darvozabon bilan bitim yangilanganini rasmiy e’lon qilishi kutilmoqda.

Tibo Kurtua 2018 yildan beri «Real» sharafini himoya qilib kelmoqda. Hozirgi paytda 34 yoshda bo‘lgan futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yil iyuni oxirida yakunlanishi kerak edi.

Yaqinda «Real» yarim himoyachi Orelien Tchuameni bilan ham shartnomani 2032 yilgacha uzaytirgani haqida ma’lum qilgan edi. Kutilmoqda, tez orada yana bir muhim figura — Jud Bellingem ham klub bilan yangi, uzoq muddatli bitim imzolaydi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q