Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Real" yangi darvozabon topdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

U Kurtuaning o‘rnini bosa oladi

Shveytsariya terma jamoasi darvozaboni Gregor Kobel, hozirda shartnoma asosida dortmundlik «Borussiya» sharafini himoya qilayotgan bo‘lsa-da, Yevropa grandi klublaridan biri diqqat markaziga tushdi.

Insayder Ekrem Konur tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, madridlik «Real» 28 yoshli posbonning o‘yinlarini yaqinidan kuzatib bormoqda. Shu paytgacha tomonlar o‘rtasida rasmiy muzokaralar boshlanmagan.

Kobelning ehtimoliy transferi uchun bozor qiymati taxminan 40 million yevro atrofida baholanmoqda. Gregor 2021 yil yozidan beri «Borussiya» tarkibida harakat qilmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

Joriy mavsum Bundesligada Kobel uchta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z darvozasidan jami ikki gol o‘tkazib yubordi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q