Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Real" yangi futbolchi topdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Bu transfer 50 millionga bitadi

«Real»ning yangi nomzodi ma'lum bo‘ldi. Yevropa ommaviy axborot vositalari xabariga ko‘ra, «Real» klubi «Shtutgart» yarim himoyachisi Angelo Shtiller xizmatlariga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga qaraganda, madriddliklar yozgi transfer oynasidan foydalanib, nemis futbolchisini o‘z saflariga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. «Qaymoqranglilar» 23 yoshli yarim himoyachi uchun taxminan 50 million yevro taklif qilishga tayyor ekani aytilmoqda.

Angelo Shtiller 2023 yildan buyon «Shtutgart» sharafini himoya qilmoqda. U bundan avval «Xoffenxaym» tarkibida to‘p surgan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 45 million yevro atrofida baholamoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q