"Real" yangi himoyachining transferiga nuqta qoʻymoqda

  • 26.08.2026 10:21
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Real» yangi himoyachi bilan kelishuvni yakunlash arafasida. «Granada» klubi himoyachisi Oskar Naassey «Real» safiga o‘tishga juda yaqin. 

Bu haqida jurnalist Xose Feliks Dias xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Madrid klubi 21 yoshli futbolchi bilan shartnoma rasmiylashtirish jarayonini yakunlab bormoqda. 

Gana terma jamoasi a’zosi «Real»ning asosiy tarkibiga emas, avvalo «Kastilya» jamoasi orqali o‘zini ko‘rsatishni boshlaydi.

O‘tgan mavsumda Oskar Naassey «Granada» tarkibida 39 o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yil 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!