Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Real" yangi vunderkind topdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Hozircha narxi ham juda arzon

«Real Madrid»klubi skautlari  «Rasing» jamoasi yarim himoyachisi Serxio Martinesning oʻyinini diqqat bilan kuzatmoqda.

Madrid Universal nashrining Diario ASga tayanib xabar berishicha, madridliklar 19 yoshli futbolchini tarkibga qoʻshib olish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Eng qiziq, yosh isteʼdod uchun toʻlanadigan toʻlov nisbatan arzon – amaldagi shartnomasidagi toʻlov miqdori bor-yoʻgʻi 3 million yevro etib belgilangan.

Serxio Martines yaqinda boʻlib oʻtgan La Liganing birinchi turida «Vilyarreal»ga qarshi uchrashuvda (2:2) gol urdi. Bu uning kattalar futbolidagi ilk rasmiy goli sifatida qayd etildi.

Umuman olganda, yosh yarim himoyachi «Rasing»ning asosiy jamoasi safida 14 ta oʻyin oʻtkazgan. Shu vaqt mobaynida u bir goldan tashqari, bir golli uzatma ham amalga oshirishga ulgurgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q