"Real" yangi yulduzni nishonga oldi
Tarkibga yangi ijrochilar kerak
Yevropa matbuotiga ko‘ra, «Yuventus» jamoasida to‘p surayotgan vinger Kenan Yildiz hanuzgacha Madriddning «Real» klubi diqqat markazida qolmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, futbolchi Turin jamoasiga sodiq hisoblanadi. Biroq uni uzoq muddatga saqlab qolish uchun «Yuventus» yana Yevropa futboli elitasiga qaytishi, ya’ni yuqori saviyada muntazam kurash olib borishi talab etiladi.
Yildiz bilan amaldagi shartnoma 2030 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 75 million yevro atrofida baholamoqda.
Kenan Yildiz hozirgacha «Yuventus» tarkibida A Seriyada 99 o‘yin o‘tkazgan. U shu bahslarda 19 ta gol urgan va jamoadoshlariga 13 marta hal qiluvchi pas bergan.

Izohlar (0)