
“Real” yanvarda katta transferni amalga oshiradi
“Real” qishki transferlar vaqtida “Bavariya” himoyachisi Alfonso Devisni Madridga olib keladigan bo‘ldi.
TodoFichajes nashrining ma’lum qilishicha, “Qirollik klubi” yanvarda Myunxen super klubiga futbolchi bo‘yicha rasmiy taklif jo‘natadi.
Ayni paytda madridliklar kanadalik himoyachi uchun 40 million evro taklifni qilishini bildirgan. “Bavariya” esa, transferni 50 million evroga baholamoqda.
22 yoshli Devisning Bundesliga chempioni bilan hamkorlik shartnomasi 2025 yilning yozigacha tuzilgan.
Fikrlar