“Real” yanvarda superforvard oladi

  • 28 noyabr, 2023, 09:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” jarohatlar ko‘payib ketgani bois, transfer siyosatiga o‘zgartirish kiritdi. TodoFichajes nashrining ma’lum qilishicha, madridliklar qishki transferlar davrida katta xaridni amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Manbaga ko‘ra, “Qirollik klubi” hujum chizig‘iga “Yuventus” vakili Dushan Vlaxovichni  olib kelishni mo‘ljallayapti.

Transfer mutaxassislari bu reja ish bermasligi ehtimoli katta ekanini ham ta’kidlamoqda. Ularning fikricha, yuqori o‘rinlar uchun kurashayotgan “Yuventus” mavsumning o‘rtasida asosiy hujumchilaridan birini qo‘yib yubormaydi.

Biroq pul ko‘p narsani hal qilishi mumkin. Transfermarkt portali 23 yoshli futbolchini 70 million evroga baholagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!